11 martga ötar keçasi ukrain dronlari Moskva şahri va Moskva oblastiga hujum qildi. Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin telegram-kanalida xabar qilişiça, ertalabki soat 8:45 ga qadar Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari ukrainlarning Moskva tomon uçgan 74 ta uçuvçisiz uçar qurilmasini urib tuşirgan. Mer bu ukrain dronlarining Moskvaga eng yirik hujumi bölganini aytgan.
Sobyanin Moskva janubidagi Domodedovskaya köçasida urib tuşirilgan dron tufayli uylardan birining tomi «yengil» şikastlanganini xabar qilgan. Baza telegram-kanali ma’lumotlariga köra,Moskvaning Kapotnya rayonida ham dron parçalari topilgan.
Moskva oblastida dronlar hujumi oqibatida uç kişi halok böldi. Hudud gubernatori Andrey Vorobyov öz telegram-kanalida xabar qilişiça, ular «Miratorg» kompaniyasi xodimlari bölgan. Ulardan biri «Miratorg»ning Domodedovo rayoni Yam qişloğidagi avtoturargohida halok bölgan, yana ikki kişi şifoxonaga olib borilganidan keyin vafot etgan. RF soğliqni saqlaş vazirligi avvalroq 18 kişi, jumladan, uç nafar bola jarohatlangani haqida xabar qilgandi. Gubernatorning sözlariga köra, Vidnoye, Domodedovo, Ramensk şaharlari, Sapronovo qişloği va Yam qişloğida odamlar jarohatlangan.
Ijtimoiy tarmoqda Vidnoye tumanidagi Sapronovo qişloğida dron uylardan birining tomiga qulagani aks etgan video paydo böldi. Şuningdek, bevosita turar joy binosi içida olingan videolar ham tarqalmoqda.

Roman Vetrov / TASS / Profimedia
Vorobyovning sözlariga köra, Ramenskda Şimoliy şossedagi turar joy binosida kamida yettita kvartira şikastlangan, 12 kişi evakuatsiya qilingan.

Bundan taşqari, Vorobyov oblastdagi yana kamida 13 ta ortiq aholi yaşaş punktidan «uçuvçisiz uçiş apparatlari hujumi yuzasidan çaqiruvlar kelib tuşgani» haqida xabar qilgan.



















