Jahon | 08:15 / 11.09.2025
3761
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Moliya vazirligi Domodedovoni 2025 yil oxirigacha sotishni rejalashtirmoqda

Milliylashtirilgan Domodedovo aeroportining potensial xaridori allaqachon topilgan, biroq Moliya vazirligi rahbari uning ismini ochiqlamadi.

Foto: Life.ru

Rossiya Moliya vazirligi joriy yilning yozida milliylashtirilgan Domodedovo aeroportini 2025 yil oxirigacha investorga sotishni rejalashtirmoqda, dedi vazirlik rahbari Anton Siluanov RBK agentligiga bergan intervyusida. «Sotish rejasi bor (Domodedovo aeroportini). Imkon qadar tezroq», dedi Siluanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Domodedovo aeroportining potensial xaridori allaqachon mavjud. Ammo vazir u kimligini aytmadi. «Biz buni albatta ochiq kimoshdi savdosida qilamiz, toki bozor bahosi bo‘lsin, raqobat bo‘lsin», deb va’da berdi Siluanov.

Yil boshida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi aeroportning asosiy egasi Dmitriy Kamenshchik va Domodedovo kuzatuv kengashi rahbari Valeriy Kogan boshqa mamlakatlar rezidenti bo‘lgani, go‘yoki qonunbuzarlik tufayli mulk huquqidan mahrum bo‘lganini da’vo qilib, «Domodedovo» guruhining 30 ta kompaniyasiga qarshi da’vo qo‘zg‘atgan edi. 

Mavzuga oid