23:50 / 28.11.2016
15471

"Yer sayyorasi 2" hujjatli filmidan yana bir xit: jirafa va sher to‘qnashuvi

Britaniya telekanallaridan birining "Yer sayyorasi 2" hujjatli filmi o‘ziga katta e'tibor qaratishda davom etmoqda. Hujjatli filmda dengiz iguanasining ilonlardan qochishi hamda timsoh va yaguar olishuvidan keyin urg‘ochi sherning jirafaga hamlasi havola etildi. 

Hujjatli filmning 27 noyabrda namoyish qilingan seriyasida jirafa sherlar to‘dasidan qochayotgani tasvirlangan. Hujjatli film sharhlovchisining ta'kidlashicha, jirafada qochib ketishga kuch va tezlik yetarli bo‘lgan, biroq u buning o‘rniga to‘g‘ri "qopqon"ga qarab borgan. 

Biroq tomoshabinlar taajjubiga sherning hujumi uning o‘ziga "qimmatga tushgan". Lavhalardan birida jirafa sherni "yumaloq yostiq" qilib tashlagan.   

Ushbu rolik britaniyaliklar orasida hazillar uchun ommabop mavzuga aylandi. Foydalanuvchilar sherning jirafadan tepki yeyishini insonning o‘zi tayyor bo‘lmagan narsa bilan to‘qnashuviga qiyoslashgan.  

Jumladan foydalanuvchilardan biri "Men sher jirafadan tepki yeganini ko‘rgach, endi  dushanbalardan boshqa shikoyat qilmayman", deb aytgan.

Yoshroq foydalanuvchi esa jirafani matematikadan testiga, sherni esa o‘ziga qiyoslagan.   

Top