Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadonida sher bolasini noqonuniy saqlab kelgan fuqaro aniqlandi
Buxoro viloyati Romitan tumanida noqonuniy saqlangan sher bolasi hayvonot bog‘iga topshirildi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Romitan tumanining Qoqishtuvon mahallasida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida yovvoyi sher bolasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlangan.
Mazkur holat Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi, tuman ichki ishlar bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘rganildi. Tekshiruv natijasida fuqaro tegishli ruxsatnomasiz yovvoyi hayvonni asrab kelayotgani tasdiqlandi.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasi 1-qismi asosida huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sud organlariga yuborildi.
Sher bolasi esa vaqtinchalik hayvonot bog‘iga joylashtirildi. Sud qarori e’lon qilinganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Mavzuga oid
21:12 / 10.05.2026
Buxoroda 40 nafar bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtobus haydovchisi mast ekani ma’lum bo‘ldi
20:16 / 05.05.2025
Toshkent shahri va viloyatida to‘rtta sher noqonuniy boqib kelingani aniqlandi
23:58 / 17.12.2024
Parkentda sherlar hujumi oqibatida qorovul halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:25 / 17.12.2024