Toşkent hayvonot boğida 8 yanvar kuni jirafa nobud böldi. Bu haqda hayvonot boği ma’muriyati xabar berdi.

Foto: Toşkent hayvonot boği

«Biz jirafani saqlab qoliş uçun barça davolaş usullarini qölladik. Jumladan, xalqaro veterinariya videokonferensiyalarida iştirok etgan mutaxassislarning yordami va xorijiy hamkasblar bilan ötkazilgan maslahatlaşuvdan foydalandik», — deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, patologoanatomik tekşiruv natijalari jirafaning ölimiga oşqozon burilişi sabab bölganini körsatgan.

«Barça harakatlarimizga qaramay, natija fojiaviy böldi. Jirafalarning anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli, ularning oşqozon-içak tizimida jarrohlik amaliyotlarini ötkazib bölmaydi. Çunki jahon amaliyotida bunday kasalliklarni muvaffaqiyatli davolaş holatlari mavjud emas», — deya ta’kidlanadi xabarda.

6 yanvar kuni hayvonot boği jirafa 11 kundan beri suyuqlik içişdan boş tortayotgani haqida xabar bergan. 

Foto: Toşkent hayvonot boği

«Bizning jirafamizda kasallik belgilari paydo bölganda va «oşqozon atoniyasi» taşxisi qöyilganda, hayvonot boği xodimlari va veterinarlar darhol davolaş işlarini boşlaşdi. Şu bilan birga, Rossiya va Estoniyadagi jirafalar böyiça yetakçi veterinarlardan maslahat olindi va video konferensiya ötkazildi.

Afsuski, barça harakatlarimizga qaramasdan, hayvonning holati oğirlaşmoqda. Bugun kasallikning ön birinçi kuni bölib, jirafa suyuqlik içişdan boş tortyapti, köz öngimizda kuçsizlanib bormoqda. Oşqozon motorikasini tiklaşning iloji bölmayapti», — degan Toşkent hayvonot boği boş veterinari Mahmud Qöziboyev.

Eslatib ötamiz, 2022 yil fevralda Farğonadagi hayvonot boğida Qozoğistondan keltirilgan Maksim laqabli jirafa nobud bölgandi. U yanvar oyida Özbekistonda kuzatilgan sovuq kunlarda şamollab qolgan.