8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

21:08 / 29.11.2016 2413

China Southern Airlines aviakompaniyasining sobiq rahbari katta miqdorda pora olishda ayblanmoqda

Foto: avia2.ru

Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasining sobiq rahbari Si Syanmin 7,89 mln yuan (1,14 mln dollar) miqdorida pora olishda ayblanmoqda. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda

"Si Syanmin xizmat mavqeidan foydalanishda va 2005 yildan 2014 yilgacha o‘z o‘g‘li orqali yoki shaxsan pora olishda ayblanmoqda", deb aytilgan sudga berilgan ayblov bayonotida.

Sobiq amaldorning ishi Shenchjen shahri xalq sudida ko‘rilmoqda.

 

Top