18:30 / 30.12.2016
29263
Yerga ikkita kometa yaqinlashmoqda
Foto: Nasa

NEOWISE missiyasi astronomlari Yerga yaqinlashib kelayotgan ikkita obektni aniqlashdi. Bu haqda NASA xabar bermoqda.

Birinchi obekt - C/2016 U1 NEOWISE kometasi Quyoshga yaqin bo‘lgan hamda Merkuriy orbitasi ichida joylashgan nuqtaga 14 yanvar kuni yetib keladi. Osmon jismi 2016 yilning 21 oktabr kuni ochilgan.

2016 WF9 nomli ikkinchi obekt asteroid yoki changsiz bulutga ega bo‘lmagan kometa Yer orbitasiga 25 fevral kuni yetib keladi. U sayyoradan 51 million kilometrlik masofada bo‘ladi. 2016 WF9 diametri 1 kilometrga teng. Obekt 2016 yilning 27 noyabr kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Har ikki osmon jismi sayyoraga xavf tug‘dirmaydi. Obektlar NEOWISE (NEO Wide-Field Infrared Survey Explorer) missiyasi doirasida ochilgan.

Mavzuga oid
Top