15:36 / 11.02.2017
18146

Toshkent davlat agrar universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Hozirgi kunda Toshkent davlat agrar universiteti Yevropa, AQSh, MDH davlatlarining rivojlangan oliy ta'lim muassasalari va o‘quv markazlari bilan hamkorlik aloqalarini olib boradi.

Universitet chet el OTM va ITIlari bilan 30 dan ziyod shartnoma va memorandum imzolagan. Bunga oxirgi ikki yil davomida universitet rahbar va pedagog xodimlarini 100dan ortig‘i malaka oshirish kurslariga, stajirovkalarga hamda 200dan ziyod talaba chet el universitetlarida ishlab chiqarish amaliyotlariga yuborilganini misol qilib keltirsak bo‘ladi. Koreya milliy tadqiqotlar fondi bilan tuzilgan shartnoma asosida hozirgi kunda koreyalik ikki nafar professor universitetda faoliyat olib bormoqda.

Universitetning taklifi asosida va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida 3 fevral kuni Bioversity International o‘simliklar genetikasi xalqaro instituti hamda Vashington universiteti professori Devera Jarvis ToshDAUga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Devera Jarvis universitet rahbariyati bilan uchrashdi va ToshDAU hamda Vashington universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish istagini bildirdi. Devera Jarvis universitet magistrlari va katta ilmiy xodim izlanuvchilariga “g‘alla genetikasi” mavzusida ma'ruza qildi.
 
Universitet hayotida Koreya Respublikasi Kongdjun universiteti prezidenti Kim Xi So boshchiligidagi delegatsiyasi tashrifi yana bir muhim voqea hisoblandi. Kongdjun universiteti prezidenti Kim Xi So boshchiligidagi delegatsiya 6 fevral kuni universitetga tashrif buyurdi. Tashrif davomida janob Kim Xi So universitet rektori Botirjon Sulaymonov bilan uchrashdi. 

Uchrashuv chog‘ida Kongdjun universiteti prezidenti Kim Xi So universitet rektori Botirjon Sulaymonov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mehmonlar universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va xalqaro loyihalar haqida xabardor qilindi. Tashrif davomida universitet professor o‘qituvchilari KOICA va KOPIA Xalqaro hamkorlik agentliklari bilan birga amalaga oshirayotgan loyihalar bilan tanishtirildi va qilingan ishlar mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar universitetning eksperimental tajriba stansiyasiga tashrif buyurdi va KOICA tomonidan yaratilgan zamonaviy gidroponika issiqxonasini borib ko‘rishdi. 

Top