22:52 / 14.02.2017
24703

Ekspert: Kim Chen In o‘gay akasini o‘ldirishga shaxsan buyruq bergan

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Nam Malayziyada o‘ldirib ketildi. Koreya Respublikasidagi Kyonnam universiteti KXDR bo‘yicha mutaxassis, siyosatshunos, professor Kim Gik Sikning aytishicha, bu qotillikka KXDR rahbari Kim Chen In shaxsan ko‘rsatma bergan. Professorning aytishicha, uning bundan maqsadi hokimiyat uchun da'vogar qoldirmaslik bo‘lgan.

"Kim Chen In o‘ziga hokimiyat uchun raqiblik qilishi ehtimoli bo‘lgan, lekin amalda buning imkoniyati deyarli yo‘q bo‘lgan akasini o‘ldirtirdi. Bu "yosh yo‘lboshchi" ko‘rinishidan nazariy maksimum jihatidangina bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimolni bartaraf qilishni istagan", degan u YTN telekanali efirida.

Olimning aniqlik kiritishicha, KXDRda "hokimiyat otadan o‘g‘ilga o‘tadi, Kim Chen Nam esa katta o‘g‘il sifatida hokimiyatga haqli".

"Shu tufayli KXDR rahbari mamlakatda beqarorlik yuzaga kelgudek bo‘lsa, muxolif kuchlar Kim Chen Nam rahbarligida birlashishi mumkinligidan xavotirlangan. Aytish mumkinki, davlat tepasiga Kim Chen In kelganidayoq uning akasi taqdiri hal qilingandi", - deydi ekspert.

Malayziya politsiyasi 14 fevral kuni Kuala-Lumpurda KXDR fuqarosi suiqasd tufayli halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi, keyinroq u KXDR rahbari Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Nam ekani tasdiqlandi. Uning o‘limi sababi aniq emas.

Bundan oldingi xabarlarda u zaharli igna bilan qurollangan ikki ayol hujumi oqibatida o‘ldirilgani aytilgandi. Taxminlarga ko‘ra, suiqasd uyushtirganlar KXDR maxsus agentlari edi. Ular suiqasd amalga oshirilgach, voqea joyidan ketib bekinishgan.

Mavzuga oid
Top