12:55 / 16.02.2017
7694

Toshkent davlat agrar universitetiga Global Cold Chain Alliance vitse-prezidenti tashrif buyurdi

Global Cold Chain Alliance 2007 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarida tashkil etilgan. Tashkilotning maqsadi dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun sovitish omborxonalarini barpo etish, “Sovitish zanjirini” yaratish va uning logistikasini boshqarishdan iborat.

Universitetning taklifi asosida va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida 15 fevral kuni Global Cold Chain Alliance vitse-prezidenti Richard Treysi ToshDAUga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Richard Treysi universitet rahbariyati bilan uchrashdi va ToshDAU hamda Global Cold Chain Alliance o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish istagini bildirdi.

Richard Treysi universitet magistrlari va katta ilmiy xodim izlanuvchilariga “Sovitish zanjiri” mavzusida ma'ruza qildi. Shu bilan birga Richard Treysi O‘zbekistonda Global Cold Chain Alliance va USAID loyihasi yordamida barpo etilgan sovitish omborxonalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuvda viloyatlardan kelgan ilg‘or fermerlar ham qatnashdi.

 

Top