14:37 / 06.03.2017
10526

Ikkinchi jahon urushi mavzusidagi yangi hujjatli roman taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Plexanov nomidagi Rossiya oliy o‘quv yurtining Toshkent filialida iqtisod fanlari doktori, professor Bahodir Umurzoqovning "Oyjamol" nomli hujjatli romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda diktor Muslimbek Yo‘ldashev Facebook’dagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan

Muslimbek Yo‘ldashevning ma'lumotiga ko‘ra, ushbu tadbir juda mazmunli, maroqli va foydali bo‘lib o‘tgan. “Bu yerda jam bo‘lgan insonlar orasida elimizda ma'lum va mashhur bo‘lgan adabiyotimiz namoyondalari ham bor edi. Ular ham kitob yuzasidan muzokara va chiqishlarda faol ishtirok etishdi. Ikkinchi jahon urushi mavzusida yozilgan bu asarni bir nafasda o‘qiysiz. Uning qahramonlari taqdiri sizni aslo befarq qoldirmaydi. Tarixiy faktlar esa bizga yaqin o‘tmishimizda qanday mute ahvolda bo‘lganimizni yana bir bor yodimizga soladi. Bugungi Mustaqilligimiz qadriga yetishga undaydi.. Albatta topib o‘qing, tavsiya qilaman”, deb yozadi M.Yo‘ldashev.

Top