Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan ğalabaga faqatgina erkaklar mehnati bilan erişilmagan. Jasoratli ayollar ham öz hayotini xavf ostiga qöyib uruş taqdiriga ta’sir körsatadigan maxfiy ma’lumotlarni topiş va yetkazişda jonbozlik körsatgan. Bu xavfli iş bölib, yakuni qiynoq, konsentratsion lagerga tuşib qoliş va hatto ölim bilan tugaşi mumkin edi. Lekin ayollar ğalabaga işongan va harakat qilişgan. Quyida mana şu safda bölgan eng maşhur josus ayollar haqida hikoya qilinadi.
Jozefina Beyker

1930 yillarda AQŞda irqiy ayirmaçilik avj ola boşlagan davrda afro-amerikalik Jozefina Beyker Parijga keladi va bu yerda raqqosa, qöşiqçi sifatida taniladi. Fransiya maxfiy xizmati razvedkaçisi Jak Abteyning ma’lumotiga köra, Jozefina Fransiya fuqaroligini olgandan 2 yil ötgaç uruş boşlanadi va 1939 yilda Beyker xonim fransuzlar uçun maxfiy ma’lumot töplaşda qatnaşişni söraydi. Iş xavfiga qaramay Jozefina maxfiy xizmatda işlaşni öz xohişi bilan qabul qiladi va bu haqda "Fransiya mening şu holatga yetişimga sababçi böldi. Özimdagi barça narsalarni Parij berdi. Endi men ular uçun jonimni berişga tayyorman", deydi.
Beyker xonim italyan va fransuz elçixonalari doirasidagi diplomatik keçalarda qatnaşa boşlaydi va kim aslida agent yoki Fransiya xoini ekanini örganişga harakat qiladi.
Nemislar 1940 yilda Fransiyani işğol qilgaç, Jozefina bir muddat mamlakat janubida yaşaydi va san’at yönalişidagi çiqişlarini davom ettiradi. Amalda esa Abtey bilan birgalikda maxfiy tarzda iş faoliyatini davom ettiradi. 1941 yilda Fransiyaning Şimoliy Afrikasiga köçib ötadi. Jozefina bu hududga turli fotosuratlar va maxsus siyoh bilan yozilgan maxfiy xatlarni kiyimlari orasida yaşirib olib ötadi va ularni Şarl de Goll rahbarlik qilgan "Erkin fransuzlar" qarşilik guruhi agentlariga topşiradi.
Jozefina Beyker uruş davridagi xizmatlari uçun hayotlik davridayoq fransuzlar tomonidan taqdirlangan.
Nur Inoyat Xon




















