19:36 / 06.04.2017
16981

Peterburgdagi uylardan biridagi «portlash» sababi aniqlandi

Sankt-Peterburg shahridagi Birdamlik (Solidarnosti) prospektida joylashgan 16 qavatli uylardan birining devori o‘pirilib tushishi qurilish ishlari sifatsiz olib borilgani sababli ro‘y bergan. Bu haqda «Fontanka» Favqulodda vaziyatlar vazirligiga asoslanib xabar bergan.

«Uy egalari bilan ish olib boriladi», — deya shahar vitse-gubernatori Nikolay Bondarenkoning so‘zlarini keltirgan «Interfaks».

Voqea joyiga Rosgvardiya mutaxassislari ham kelishgan. Ular bu hodisa portlovchi qurilma bilan bog‘liq emasligini tekshirishgan.

Bundan oldinroq Peterburgdagi ko‘p qavatli uylardan birida portlash ro‘y bergani haqida xabar qilingandi.

 

Top