Bu yil 21 oktabrda Özbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 28 yil böladi. 1989 yilda tuğilgan bola 28ga kirdi. Farzand kördi. Özbek tili rasmiy yuqori maqomga çiqqandan söng, ikkinçi avlodni körmoqda. Lotin alifbosiga ötilgan paytda tuğilgan avlod allaqaçon 20 yoşdan ötib böldi va ba'zilari farzand körişdi. Lotin yozuviga asoslangan özbek tili alifbosi ham ikkinçi avlodni qarşi olmoqda.
Bu (lotin alifbosiga asoslangan) yöl şaxsan Vatan taraqqiyoti uçun globallaşuv asrida juda zarur bölgan, deb bilaman. Lotin yozuvi qariyb barça davlatlarda, şarqu ğarbda almaştirib bölmas yozuvga aylanib böldi. Buning sababini XXI asr texnologiyalar asri bölişi bilan ham boğlaş mumkin. Qaysi ommaviy dasturlaş tili kirill alifbosida yoki Xitoy irogliflari yordamida yoziladi? Xalqaro aviatsiya tili qaysi tilga asoslangan va u qaysi yozuv asosida? Yaqin qöşnimiz, Qozoğistonning ham bizdan yillar ötib, yakuniy Lotin yozuvi haqidagi qarorga kelgani ham qaysidir ma'noda fikrimiz tasdiği bölib turibdi. Turkman oğalarimiz ham, uzil-kesil lotin alifbosidan foydalanişadi. Uyimda 4 ta turkman telekanali körsatadi. Hattoki orqa fonda ham kirill şriftlarida yozilgan yozuv topişingiz muşkul. Turkmanlar va ozarbayjonlik qardoşlarimiz uçun, lotin alifbosiga asoslangan mahalliy tilga ötiş uçun 1 yil kifoya qildi.
Fakt
WorldStandards ma'lumotlar markaziga köra, dunyoda 252 million odam kirill alifbosidan foydalanadi (Jahonning taxminan 3.8 foiz aholisi). Şulardan yarmi, lotin alifbosiga ötiş jarayonida yoki rasman ötib bölgan hududlarda yaşamoqda. Lotin alifbosi bundan 10 barobar köp odam tomonidan iste'molda (yer yuzidagi aholining 36 foizi). Qisqasi, mustaqillikdan avval tuğilgan va mustabid sovet hukumatiga xayrixoh odam bölmasangiz, yuqoridagilar uçun qarama-qarşi munozara olib kelişingiz qiyin. Hukumatimiz, nimanidir bilmasa, oldindan qaror çiqarmagan bu masalada.

Muammo
Şunday bölişiga qaramasdan, hozirgi hayotimizning juda köplab sohalarida bu masalada oqsamoqdamiz. Davlat idoralarining aksarida hali ham lotin alifbosida töldiriladigan hujjatlar mavjud emas. Idoralar örtasida hujjatlar almaşinuvi va yozişmalar köpinça rus tilida yurgiziladi. Bunga Davlat axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan nazar soliş kerak böladi. Ba'zi rasmiy saytlari hali ham rusça qisqartmalardan taşkil topgan (masalan mvd.uz). Milliy telekanallarimiz – asosiy qaror tarğibotçilaridir.













