12:28 / 01.09.2017
11778

Xitoy BRIKS davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Reuters/Thomas Peter

China COSCO SHIPPING Corporation korporatsiyasi rahbari Syuy Lijunning ma'lum qilishicha, BRIKS davlatlari savdo proteksionizmining (biror davlatning o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosati) istalgan shakllariga birgalikda qarshi turishi va jahon iqtisodiyoti globallashuvining barqaror rivojini ilgari surishi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Xalqaro holat yaxshilangani sharoitida, BRIKS mamlakatlari iqtisodiyotlarida ham ijobiy tendensiyalar ko‘zga tashlanmoqda, BRIKSning kelajagida katta istiqbollar bor. Biz ochiq global iqtisodiyot qurish va uni qat'iy himoya qilish, proteksionizmning istalgan shakllariga birgalikda kurashish, inklyuzivlik prinsipiga rioya etish va jahon iqtisodiyoti globallashuvining sog‘lom rivojlanishiga turtki berishga chaqiramiz», - dedi u.

Avvalroq Xitoy BRIKS sammitiga yana 5 davlat yetakchisini taklif qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top