Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitida iştirok etiş uçun Janubiy Afrika Respublikasiga bormaydi. Bu haqda JAR prezidenti rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“Ikki tomonlama kelişuvga asosan, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin sammitda iştirok etmaydi. Rossiya Federatsiyasiga taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov vakillik qiladi”, – deyiladi xabarda.

BRIKS sammiti 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bölib ötadi. Unda Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari rahbarlari qatnaşadi.

JAR vitse-prezidenti Pol Maşatile avvalroq mamlakat prezidenti Sirila Ramafosa şaxsan özi Putinni sammitga kelmaslikka köndirişga uringanini aytgandi.

Xalqaro jinoyat sudi 2023 yil mart oyida harbiy jinoyat – bosib olingan hududlardagi ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qiliş gumoni bilan Vladimir Putinni hibsga olişga order bergan. Bu esa Haagadagi sudning asosiy hujjatini bölmiş Rim statutini ratifikatsiya qilgan 120 dan ortiq davlatga Putinni hibsga oliş majburiyatini yuklaydi. Bu davlatlar orasida Janubiy Afrika Respublikasi ham bor.

JAR prezidenti Siril Ramafosa mamlakatdagi muxolifatning XJS oldidagi majburiyatini bajariş talabiga javoban, Rossiya tomoni Putinni hibsga oliş uruş e’lon qiliş bilan teng deb ogohlantirganini aytgandi. Öz navbatida, Kreml Putinning BRIKS sammitidagi iştiroki uning hibsga olinişiga olib kelişi ehtimoli yuzasidan JARga qandaydir tahdid qilganini rad etgan, lekin ehtimoliy oqibatlardan ogohlantirgandi.

Avvalroq JAR rasmiylari sammitda RF delegatsiyasiga Putin emas, Lavrov rahbarlik qiliş haqidagi taklifni ilgari surib, Rossiya tomonidan rad javobi olişganini aytişgandi.

JAR vitse-prezidenti Pol Maşatilega köra, sammitni Xitoyda ötkaziş yoki Putin unda onlayn rejimda iştirok etişi variantlari ham taklif qilingan, lekin birinçi taklifga Hindiston va Braziliya rozi bölmagan.