23:16 / 01.09.2017
20845
Tarixdagi eng yirik asteroid sayyoramiz yonidan uchib o‘tdi
Foto: Fotolia / 3000ad

Kuzatuvlar tarixi davomida Yerga yaqinlashgan asteroidlardan eng kattasi bo‘lgan Florence asteroidi 1 sentabrda sayyoramiz yonidan unga hech qanday zarar yetkazmasdan potensial xavfli masofadan uchib o‘tdi. Bu haqda Moskva davlat universitetining Shternberg nomidagi davlat astronomiya instituti kosmik monitoring laboratoriyasi rahbari Vladimir Lipunov ma'lum qildi. 

“Florence sayyoramiz yonidan uchib o‘tdi. Uni bizning “Master” tarmog‘imizdagi robotlashgan teleskoplar yordamida avval Baykal, so‘ngra Janubiy Afrika ustida kuzatib, suratga oldik”, deb aytgan olim.

Uning ta'kidlashicha, samo jismi Yerga 7 mln kilometr masofaga yaqinlashgan. Bu masofa Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 18 marotaba kattadir.

Shternberg nomidagi davlat astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Vladimir Surdinning aytishicha, asteroidning yaqinlashishi butun dunyo astronomlarida qiziqish uyg‘otgan. “Bu hodisa biz bunday yirik asteroidlarni bungacha katta aniqlik bilan hali o‘rganmaganimiz sababli noyobdir. Uning yaqinlashishida hech qanday qo‘rqinchli narsa bo‘lmagan, ilmiy qiziqish esa albatta bo‘ldi, chunki bunday katta asteroidlar sayyoramizdan ancha uzoqdan uchadi, bu asteroid esa birinchi marta yaqin keldi”, deb aytgan olim.

Surdinning qo‘shimcha qilishicha, har qanday asteroid o‘zicha qiziqdir, chunki u o‘zida katta sayyoralar shakllangan moddalarni tashiydi. “Biz sayyoramiz ichiga boqa olmaymiz, u yerda barcha narsa katta chuqurliklar ostida joylashgan, asteriodlar esa katta sayyorlar ichki qismini shakllantirgan g‘ishtlardir. Biz ularni o‘rganib, Yer tubida qanday moddalar borligini bilishimiz mumkin”, degan olim.

Florence’ning diametri 4,5 km ga teng bo‘lib, u 1981 yilda amerikalik astronom Shelte Bas tomondan ochilgan. 

Mavzuga oid
Top