NASA Oy bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan 60 metrlik asteroidni namoyish etdi
«Jyeyms Uebb» teleskopi 2024 YR4 asteroidini suratga oldi.

Foto: NASA
NASA’ning «Jyeyms Uebb» teleskopi 2032 yilda Oy bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan 2024 YR4 asteroidini suratga oldi. Bu haqda Webb Space Telescope rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
«Tadqiqotning asosiy maqsadi 2024 YR4’ning o‘lchamini aniqlash edi — biz uni 60 metr atrofida deb baholayapmiz. Bu taxminan 15 qavatli bino degani», — deydi Jon Hopkins universiteti astronomi Endi Rivkin.
Rivkinning so‘zlariga ko‘ra, 2024 YR4’ni kuzatish kelajakda Yerga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa asteroidlarni tadqiq etishda «bebaho amaliyot» sifatida xizmat qilgan.
NASA aprel oyida 2024 YR4’ning Oy bilan to‘qnashish xavfini 1,7 foizdan 3,8 foizga qadar oshirgan edi.
Yanvarda astronomlar 2024 YR4’ni 2004 yildan beri Yerga tahdid uyg‘otayotgan eng xavfli asteroid deb atagandi. O‘shanda uning Yer bilan to‘qnashish ehtimolligi 6 foizga baholangan. Keyinroq ushbu ko‘rsatkichlar pasaytirildi. Fevralda ESA to‘qnashuv xavfini 2,2 foizga baholadi.
Avvalroq ulkan va ehtimoliy xavfli 2014 TN17 asteroidi Yerga taxminan 77 300 km/soat tezlikda yaqinlashishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Kosmik sayohatchi 5,1 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi — bu Oygacha bo‘lgan masofadan taxminan 13 baravar uzoqdir.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33
-
Isroilning G‘azodagi yangi operatsiyasi, dronlar hujumiga zo‘r bergan Rossiya va Hamasning o‘ldirilgan navbatdagi qo‘mondoni – kun dayjesti
Jahon | 13:21
-
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi
Jahon | 13:17
-
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika hamda suv xo‘jaligi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 13:13
Mavzuga oid

14:20 / 14.05.2025
Bog‘otdagi hodisa: aslida nima bo‘lgan?

09:41 / 14.05.2025
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi

23:01 / 22.04.2025
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi

17:51 / 03.04.2025