Ijtimoiy tarmoqlarda Boğot tumanidagi uylardan biriga asteroid tuşgani haqida xabarlar tarqaldi. Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinişiça, 12 may kuni soat 3:39 da Xorazm viloyati FVBga Boğot tumani Yuksaliş mahallasidagi uy dahlizining taxminan 10 kv m tom qismi qulagani töğrisida xabar kelib tuşgan.

«Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz va haqiqatga töğri kelmaydigan ma’lumotlar, xususan, hodisa joyiga asteroid tuşgani haqida notöğri xabarlar tarqalmoqda», deyiladi boşqarma bayonotida.

Qöşimça qilinişiça, hodisa sodir bölgan manzilda IIB hamda FVBning maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan örganiş işlari olib borilgan. Örganişlar davomida hodisa joyida heç qanday fazo jismlari yoki portlaş xususiyatiga ega moslamalarning qoldiqlari aniqlanmagan.

Şuningdek, örganişlarda xonadonda 2 ta propan gaz balloni borligi ma’lum bölgan.

Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib çiqiş sababini aniqlaş maqsadida maxsus ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza xulosasiga asosan qöşimça ma’lumotlar berilişi bildirildi.