15:35 / 11.09.2017
5099

Bloomberg: Xitoy bitkoinlarda savdoni taqiqlab qo‘ymoqchi

Foto: Shutterstock

Xitoy Xalq Respublikasi ichki birjalarda bitkoinlar hamda boshqa kriptovalyutalar bilan savdo qilishni taqiqlash niyatida. Bu haqda Bloomberg manbalarga asosan xabar bermoqda.

Manbalarning aniqlik kiritishicha, Xitoy hukumatida birjadan tashqari kelishuvlarni to‘xtatish bo‘yicha rejalar yo‘q. 

«Savdolar hajmi pasayadi. Eski foydalanuvchilar avvalgidek savdo qilishadi, biroq yangi foydalanuvchilarning kirish bo‘sag‘asi hozirda juda baland. Bu, albatta, Xitoyda kriptovalyutalar rivojini sekinlashtiradi», - dedi FBG Capital vakili Chjou Shuodzi.

Avvalroq ShHT bosh kotibi yagona kriptovalyuta va tashkilotning jahondagi o‘rni haqida fikr bildirgandi.

Top