12:40 / 17.09.2017
10837

Hindiston bosh vaziri 30 yilda qurilgan to‘g‘onni foydalanishga topshirdi

Foto: Reuters

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 30 yil davomida qurilgan Sardar-Sarovar suv to‘g‘onini foydalanishga topshirish marosimida qatnashdi.

The Times of India xabarida ushbu to‘g‘on Gujarot shtati g‘arbida barpo etilgani aytilgan. To‘g‘onning ishga tushirilishi marosimi Modi 67 yoshga to‘lgan kunda o‘tkazildi.

NDTV xabariga ko‘ra, ushbu to‘g‘onga birinchi g‘ishtni Hindistonning birinchi bosh vaziri Javahorlal Neru 1961 yilda qo‘ygandi.

Ammo uning qurilish ishlari 1987 yilda boshlangandi.

To‘g‘on balandligi 139 metr, uzunligi — 1,2 kilometr. Bu dunyoda ulkanligi bo‘yicha ikkinchi to‘g‘on, undan faqat Vashingtondagi Grand-Kuli to‘g‘oni kattaroq.

To‘g‘onning suv hajmi 5,8 mlrd kub metr. U 3ta shtatga — Gujarot, Madxya-Pradesh va Maxarashtra shtatlariga elektrenergiyasi yetkazib beradi.

Top