Xitoy Tibetdagi Yarlung-Tsangpo daryosi kanonida «Medog» gidroelektrostansiyasining töğoni qurilişini boşladi, deb xabar berdi Foreign Policy.
Ekolog Ven Tszyabaoning sözlariga köra, uşbu quriliş öta maxfiy tarzda olib borilmoqda. Uning ta’kidlaşiça, loyiha mahalliy ösimlik va hayvonot dunyosiga tahdid soladi.
Janubiy Osiyo masalalari böyiça ekspert Niraj Singx Manxasning qayd etişiça, Xitoyning Braxmaputra transçegaraviy daryosining boşlaniş nuqtasi ustidan nazorat örnatişi uning Hindiston va Bangladeşga ta’sirini kuçaytirişi mumkin.
Ekspertlarning fikriça, “megatöğon”ning oşkora ekologik va ijtimoiy baholaşlarsiz qurilişi mintaqa suv resurslari va iqlimi uçun jiddiy oqibatlar keltirib çiqarişi mumkin.












