19:10 / 28.09.2017
17901

Rasman. Anchelotti ishdan bo‘shatildi

Foto: Bavariya matbuot xizmati

Myunxenning «Bavariya» jamoasi murabbiysiz qoldi. Klub rasmiy saytda Karlo Anchelotti iste'foga chiqarilgani ma'lum qilindi.

Bugun klub rahbariyati shoshilinch yig‘ilish o‘tkazib, Karlo Anchelotti masalasini muhokama qildi.

Anchelotti 2016 yil yozidan buyon «Bavariya»ni boshqarib kelayotgandi. Uning jamoa bilan shartnomasi muddati 2018/19 yilgi mavsumgacha edi. 

58 yoshli murabbiy «Bavariya» bilan Germaniya chempioni bo‘ldi (2016/17 yilgi mavsum) va ikki marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Endilikda shu vaqtgacha unga yordamchilik qilib kelgan Villi Sanol vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaradi.

Top