Fojia qurbonlari soni ortdi. Yo‘lovchilar uxlab yotishgandi, uyg‘onganlar jon saqlashga ulgurdi
6 oktabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida «Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod» yo‘nalishidagi poyezd bilan Mercedes rusumli avtobus to‘qnashdi.
Yo‘l transport hodisasi Moskva vaqti bilan soat 03:39da (Toshkent vaqti bilan soat 05:39) Vladimir viloyatining Petushinskiy tumanidagi temiryo‘l kesishmasida ro‘y bergan. Avtobus kesishma ustida o‘chib qolgan. Poyezd mashinisti favqulodda to‘xtashni qo‘llashga uringan, ammo sostavni to‘xtata olmagan.
Avtobusda jami 58 kishi bo‘lgan, ularning 56 nafari O‘zbekiston fuqarolari, ikki nafari qozog‘istonlik haydovchilar.
Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni 17 nafar ekani aytilgandi.
«Interfaks» ma'lumotiga ko‘ra, fojia oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, jumladan qozog‘istonlik haydovchilar.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV)ning hududiy boshqarmasi va Tergov qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, YTH oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, shundan biri yosh bola.
O‘zbekiston FVV Kun.uz nashriga ma'lumot berishicha, halok bo‘lganlarning 18 nafari O‘zbekiston fuqarolari.
SSV ma'lumotiga ko‘ra, YTHdan omon qolgan 34 kishi hozirda vaqtincha yashash punktida bo‘lib turibdi. Ular bilan psixologlar ish olib bormoqda.
Poyezd yo‘lovchilari orasida qurbonlar yo‘q.
«Avtobusdagi odamlar uxlab yotgan bo‘lgan, haydovchi baqira boshlagach, odamlar uyg‘onib avtobusdan chiqishgan va joyidan qo‘zg‘atish uchun avtobusni sura boshlashgan. Ular omon qolishgan, avtobusda qolganlar halok bo‘lgan. Avtobus ikkiga bo‘linib ketgan», deya ma'lumot bergan Vladimir viloyati gubernatori matbuot kotibi Rita Shlyaxova.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024