AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Meksika bilan chegara hududlarida devor barpo qilish 18 mlrd dollar yoki undan arzonroq turadi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida bayonot berdi.
"Devor 40 mlrd dollarga aylanishini aytishdi. Uning qiymati bu raqamga umuman yaqinlashmaydi. Gap uning yarmidan kamrog‘i haqida bormoqda", - degan Oq uy xo‘jayini.
Trampning izoh berishicha, tog‘lar va daryolar ham tabiiy to‘siqlar vazifasini o‘taydi. "Bu joylarga devor kerak emas", - degan prezident. "O‘ylashimcha, 18 mlrd dollar yoki undan kamroq bo‘ladi, - degan Tramp. – Hozir biz prototiplar ishlab chiqayapmiz, keyin tanlaymiz".
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Meksika chegarasida devor barpo etish Trampning saylovoldi va'dalaridan biri hisoblanadi.