17:50 / 06.11.2017
32161
«Oltin butsa 2017/2018»: Messi oltinchi, Levandovski to‘qqizinchi o‘rinda

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purariga beriladigan «Oltin butsa» sovrini uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi undan 4 ochko ortda qolib, 6-o‘rinni egallab turibdi. «Bavariya» to‘purari Robert Levandovski peshqadamdan 6 ochko qolishib, 9-o‘rinni egallab turibdi.

Top-10 «Oltin butsa»ga da'vogarlar ro‘yxati:

1. Chiro Immobile («Latsio»): 14 gol (x2.0) / 28 ochko
2. Albert Prosa («Tallinn»): 27 gol (x1.0) / 27 ochko (chempionat tugagan)
3. Rauno Sappinen («Flora»): 27 gol (x1.0) / 27 ochko (chempionat tugagan)
4. Edinson Kavani (PSJ): 13 gol (x2.0) / 26 ochko
5. Radamel Falkao («Monako»): 13 gol (x2.0) / 26 ochko
6. Lionel Messi («Barselona»): 12 gol (x2.0) / 24 ochko
7. Jyerar Gou («Kayrat»): 24 gol (x1.0) / 24 ochko (chempionat tugagan) 
8. Mixail Gordeychuk (BATE): 15 gol (x1.5) / 22,5 ochko
9. Robert Levandovski («Bavariya»): 11 gol (x2.0) / 22 ochko
10. Paulo Dibala («Yuventus»): 11 gol (x2.0) / 22 ochko

Top