09:50 / 07.12.2017
12818

Angliya YeChLda rekord o‘rnatdi

Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalida ishtirok etadigan 16 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

E'tiborli jihati turnir tarixida ilk marta pley-off bosqichida bir mamlakatdan 5 jamoa ishtirok etishi kuzatiladi.

Keyingi bosqichga Angliyaning 5 jamoasi – «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» jamoalari guruhlarda birinchi o‘rin bilan, «Chelsi» ikkinchi o‘rin bilan yo‘l olgan.

Angliyaning turnirda ishtirok etgan barcha jamoasi guruhdan chiqishi bundan avval 2006/07 yilgi mavsumda kuzatilgan, ammo o‘shanda APLdan faqat 4 jamoa turnirda qatnashgandi.

«MYu» bu mavsumda o‘tgan yilgi Yevropa Ligasi g‘olibi sifatida Angliyaning beshinchi vakili bo‘lib ishtirok etmoqda.

YeChLning 1/8 finalida Angliyaning barcha jamoasi ishtirok etishi 6 marta, Ispaniyada 4 marta va Germaniyada 2 marta ro‘y bergan.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top