17 mart kuni Şveytsariyaning Non şahridagi UYeFA qarorgohida Çempionlar ligasi çorakfinal bosqiçiga qur’a taşlaş marosimi bölib ötdi.
Turnirning amaldagi ğolibi «Real» yarimfinal yöllanmasi uçun «Çelsi»ga qarşi ikki öyindan iborat bahsda maydonga tuşadigan böldi, «Mançester Siti» esa «Bavariya»ga qarşi final oldidan oldingi final bahslarini ötkazadi.
YeÇL 1/4 final juftliklari:
- «Real» — «Çelsi»
- «Inter» — «Benfika»
- «Mançester Siti» — «Bavariya»
- «Napoli» — «Milan»
Muxlislarni yarimfinalda ham şiddatli töqnaşuvlar kutadi. «Real» — «Çelsi» juftligi ğolibi final uçun «Mançester Siti» — «Bavariya» juftligi ğolibiga qarşi maydonga tuşadi. Öz navbatida, «Inter» — «Benfika» juftligi ğolibi «Napoli» — «Milan» juftligi ğolibiga qarşi öynaydi.
Çorakfinalning dastlabki bahslari 11–12 aprel, javob öyinlari esa bir haftadan keyin – 18–19 aprel kunlari bölib ötadi.
Yarimfinallar 9 va 10 may kunlariga, javob uçraşuvlari 16 va 17 may kunlariga belgilangan. Final 10 iyun kuni ötkaziladi.

















