Milanliklar jamoasi namunali öyin ötkazdi va amalda özi uçun yarimfinal yöllanmasini kafolatladi.
Benfika — Inter 0:2
Gollar: Barella (51), Lukaku (82, penalti).
Benfika – Vlaxodimos, Jilberto, Morato, Antoniu Silva, Grimaldo, Joau Mariu, Rafa Silva, Eursnes, Şikinyu, Florentinu (Neres, 64), Ramuş.
Inter – Onana, Dumfris (D`Ambrozio, 87), Darmian, Açerbi, Bastoni (de Vrey, 90+1), Dimarko (Gozens, 63), Mxitaryan, Brozoviç, Barella, Jyeko (Lukaku, 63), Martines (Korrea, 63).
Ogohlantirişlar: Antoniu Silva (22), Brozoviç (50), Jyeko (83).
«Inter» uçun pley-off taqvimi nisbatan eng qulayi bölmoqda. «Bavariya» «PSJ» ortidan «Mançester Siti»ga duç keldi, neradzurrining nimçorak va çorakfinaldagi raqiblari — Portugaliya vakillari. Ammo bu faqat qoğozda oson körinadi. Amalda esa barçasi juda qiyin.
Qolaversa, milanliklar jamoasining hozirgi holatidan kelib çiqqan holda vazifa yanada qiyin edi, jamoaning sönggi ğalabasi 5 mart kuni kamtarona «Leççe» bilan öyinda qayd etilgandi. Agar sönggi sakkiz öyin olinsa, Simone Indzagi şogirdlari şuning yarmida mağlub bölgan va uç öyinni durang bilan yakunlagan. Bu öyinlarda ambitsiyali klub uçun juda kam bölgan beşgina gol urilgan, şundan ham ikkitasi — 11 metrli nuqtadan.
Ha, «Benfika» milanliklarning oldingi bosqiçdagi raqibi «Portu»dan farq qiladi. «Ajdarlar» Portugaliya çempionatining avvalgi turida prinsipial raqibiga joriy yildagi ilk mağlubiyatni taqdim etgani mohiyatni özgartirmaydi. Qariyb bir yildan buyon öz uyida yutqazmay kelgan «burgutlar» çempion sari ildamlamoqda va 33 yil içida ilk bor asosiy yevrokubok yarimfinaliga çiqişni közlagani tabiiy edi. Qolaversa, Çempionlar ligasining bu mavsumida kaşfiyotga aylangan bu jamoa hali yutqazmagan, 10 uçraşuvda ğalaba qozonib, guruhda «PSJ» bilan ikki öyinda ham durang qayd etgandi.
Şu bilan birgalikda, lissabonliklarda xavotirga arziydigan muammolar ham bor edi, xususan Otamendi diskvalifikatsiya tufayli öyinni ötkazib yuboradigan böldi, natijada boş murabbiy Rojyer Şmidt himoyani 40 yoşni qoralagan (ikkisi ham) Antoniu Silva va Morato juftligiga işonişga majbur böldi. Öyin startidan kelib çiqilsa, Indzagi aynan şu boğlamni raqibning eng zaif nuqtasi sifatida belgilab olgan. Raqib himoyadan çiqayotganida uşbu himoyaçilarga qarşi kuçli pressing ötkazildi, birinçi bosim çiziği bosib ötilgan taqdirda ham, mehmonlar tezda öz jarima maydoniga qaytişga ulgurişdi va lissabonliklarga hujum uyuştiriş uçun böş hududlar qoldirilmadi.












