A guruhi

«Galatasaroy»ni taslim etiş orqali «Bavariya» ğalabali seriyasini davom ettirdi va maksimum oçko jamğargan holda muddatidan oldin guruhda birinçi örinni egalladi - faqat myunxenliklar öz guruhida birinçi örinnni kafolatlagan. Guruhning qolgan uç vakilida esa pley-offga çiqiş imkoniyati saqlanib turibdi, ammo «MYu»da vaziyat endi şunçalik qiyinlaşganki, keyingi ikki öyindagi ikki ğalaba ham 1/8 finalga olib çiqmasligi mumkin. Bu öyinlarni esa Istanbulda «Galatasaroy» va Mançesterda «Bavariya»ga qarşi ötkaziş talab etiladi.

Motivatsiyasi qolmagan «Bavariya» qolgan öyinlarda ham ğalaba qozonsa, «Galatasaroy» ikkinçi yöllanma uçun asosiy da’vogar sanaladi, çunki turklar nemislar grandiga qarşi öyinlarni ötkazib bölgan. Bu mavsum uçun kuçli tarkib yiğgan jamoa uyda inglizlarni qabul qilişdan taşqari, oxirgi turda «Kopenhagen» mehmoni böladi. Ikkinçi yöllanma taqdiri katta ehtimol bilan öşa öyinda hal qilinadi.

29 noyabr. «Galatasaroy» — «Mançester Yunayted», «Bavariya» — «Kopenhagen».
12 dekabr. «Mançester Yunayted» — «Bavariya», «Kopenhagen» — «Galatasaroy».

V guruhi

«Arsenal» guruhdagi asosiy raqobatçisi bölişi kutilgan «Sevilya»ni ikki öyinda ham işonç bilan mağlub etdi va amalda pley-off masalasini hal qildi. Londonliklar faqatgina keyingi ikki öyinda yutqazsa, PSV Ispaniyada ğalaba qozonsa, «Lans» esa oxirgi turda oçko olsa, uçinçi öringa tuşib ketişi mumkin. Lekin katta ehtimol bilan keyingi turda fransuzlar bilan öyinda yöllanma naqd qilinadi.

Oxirgi örinda qolayotgan «Sevilya»da ham barçasi yöqotilmagan. Keyingi öyinlardagi ikki ğalaba katta ehtimol bilan ispanlarni 1/8 finalga olib çiqadi, bitta ğalaba — sevimli Yevropa Ligasiga. PSV va «Lans» juftligida esa özaro uçraşuvlar böyiça ustunlik niderlandlar tomonida (1:1, 1:0).

29 noyabr. «Sevilya» — PSV, «Arsenal» — «Lans».
12 dekabr. «Lans» — «Sevilya», PSV — «Arsenal».

C guruhi

Qatorasiga tört ğalabadan keyin «Real» pley-off masalasini hal etdi. Katta ehtimol bilan madridliklar guruh bosqiçi yakunida ham birinçi örinda qolişadi va qur’ada saralanganlar savatçasidan joy oladi. «Napoli» «Union» bilan öyinda ğalabani boy berganiga qaramay, guruhdan ikkinçi örin bilan çiqişga asosiy da’vogar. Italyanlar nazariy jihatdan keyingi turda 1/8 finalga çiqişi mumkin, «Real» katta ehtimol bilan natijasi u qadar ahamiyatli bölmagan öyinda rotatsiya qiladi.