23:00 / 26.12.2017
13350

Antibiotikning saratonga qarshi xususiyatlari aniqlandi

Zarlanddagi Helmgolts nomli Farmatsevtik tadqiqotlar instituti (HIPS) va Helmgolts nomli Infektsiyalarni o‘rganish markazi (HZI) karolakton antibiotikining ajoyib xususiyatlari haqida ma'lum qilishdi. Olimlarning aniqlik kiritishicha, dori vositasi saraton hujayralari odatdagidan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lgan asosiy fermentni bloklar ekan. Nature Communications jurnali shu haqida xabar berdi. 

Karolakton Sorangium cellulosum bakteriyasidan olinadigan tabiiy antibiotik hisoblanadi. Modda boshqa bakteriyalardagi eng muhim jarayonlarni buzish va kariyesning asosiy sababi hisoblangan Streptococcus mutans mikrobi bioplyonkalarining hosil bo‘lishi oldini olishga qodir. Bundan tashqari, karolakton eng xavfli bakteriyalardan biri bo‘lgan Streptococcus pneumonieae'ning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. 

Germaniyalik olimlar moddaning noma'lum molekulyar maqsadini aniqlashdi - u o‘ziga xos FolD fermenti. Ta'kidlash joizki, FolD har qanday organizm o‘sishi uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan foliy kislotasi hosil bo‘lishida ishtirok etadi. U orqali nuklein kislotalari, aminokislotalar va provitaminlar hosil bo‘ladi. Bu ferment saraton hujayralari uchun juda ahamiyatli, u tajribalarda saraton hujayralari o‘sishini bloklashga qodirligini namoyon etgan. Shunday qilib, karolakton onkokasalliklarga qarshi salohiyatli vosita bo‘lib chiqdi. 

Mavzuga oid
Top