18:45 / 04.01.2018
16151

Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Oliy Majlisiga murojaatnomasi» mazmun mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonni 2017-2021 yillar mobaynida rivojlantirish dasturi hisoblangan «Harakatlar strategiyasi» bo‘yicha 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirilgan ishlar xususida, shu jumladan, muammolar va ularning yechimi borasida ko‘plab yuqori natijalarga erishildi. Mirzo Ulubek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Oliy va O‘rta maxsus talim vazirligi, Ma'naviyat markazi va Mahalla xayriya jamoat fondi bilan birgalikda Oliy talim muassasalari Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha rektor o‘rinbosarlari, psixologlar va bir qator fan o‘qituvchilariga «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Oliy Majlisiga murojaatnomasi» mazmun mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bundan ko‘zlangan maqsad har bir yurtdoshimizni, bugungi kunda bo‘layotgan jadal yuksalish jarayonlarida faol ishtirok etishga, ularning manfaati davlatning ustuvor siyosati darajasiga ko‘tarilgani, ko‘plab muammolar o‘z yechimini topayotgani kabi masalalar bilan yurtimizda katta o‘zgarishlar boshlanganini targ‘ibot va tashviqot ishlarini mahallalarga fan nomzodlari, professorlar va oliy ta'lim muassasalari psixologlar tarafidan yetkazish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Seminarda Oliy va O‘rta maxsus ta'limi vazirligidan Otabek Bozorov, Manaviyat markazidan, O‘zbekiston Milliy universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Qodirjon Abdurahimov, Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov hamda Falsafa fanlar nomzodi Muzaffar Ortiqov tomonidan targ‘ibot moduli hamda prezident murojaatnomasida keltirib o‘tilgan har bir maqsad va vazifalarga alohida to‘xtalib, tushuntirish bo‘yicha aniq ma'lumotlar keltirildi.

Foto: O‘zMU

So‘zga chiqqanlardan murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov o‘z nutqida «Biz tarixchilar 500 yil oldingi voqealardan hayratlanib taassurot olamiz, lekin buyuk tarix boshlangan bir paytda hayratlanishimizga sababchi bo‘layotgan islohotlar zamonida yashayotganimizni alohida ta'kidlashim joiz» deb aytib o‘tdi.

Foto: O‘zMU

Prezidentning ilmli va ma'naviy salohiyati yuksak, ma'rifatli shaxslar safini kengaytirish borasidagi takliflari, Fanlar akademiyasiga ko‘plab yosh akademiklarni safi kengaygani, prezident nutqida buni «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi e'tiborimiz markazida bo‘ladi» deya e'tirof etganiga alohida to‘xtaldi.

Foto: O‘zMU

So‘zga chiqqanlardan Falsafa fanlar nomzodi, dotsent Muzaffar Ortiqov prezident ta'kidlagan «Xalqaro yoshlar assotsiatsiyasi tuzish» Yangidan yangi Oliy talim muassasalari jumladan, «Jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universiteti» tashkil qilish, byurokratiyani bartaraf etish va «Elektron hukumat» tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va belgilangan vazifalarga to‘xtaldi.

Shuningdek, Targ‘ibotni samarali tashkil qilish kabi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Bugun, yangi innovatsion imkoniyatlar davrida har bir fuqaro davlat taqdirini xalqi bilan bog‘lagan bir paytda, o‘z hissasini  qo‘shishi va rivojlanishning strategik mohiyatini targ‘ibotchisiga aylanishi kerakligi ta'kidlandi.

Top