6 dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida Özbekiston Milliy universiteti Axborot-resurs markazi rahbari Irina Kislitsinaga oid iş yuzasidan apellyatsiya şikoyati körib çiqildi.
Sud sudlanuvçi ÖzMUda kitoblarni özlaştirganligi tasdiqlanmagan deb topdi, şuningdek u öz mansab vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi tasdiqlangani sababli tuman sudining hukmi özgartirildi. Unga köra, sudlanuvçining harakatlarida Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandidan 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi.
Sudlanuvçiga Jinoyat kodeksining 227-moddasida nazarda tutilgan ayblovlar (hujjatlarni nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş) bilan, 45-moddaga asosan tayinlangan jazolar asliça qoldirildi.

Yakunda ARM rahbariga ötaş uçun uzil-kesil 6 oy 23 kun ozodlikni çeklaş va 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Universitet foydasiga 2,6 milliard sömdan ortiq moddiy zararni undiriş qismi bekor qilindi.
Şuningdek, sudlanuvçining qamoqda saqlaş ehtiyot çorasi bekor qilinib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Şu yilning 10 oktabr kuni bölib ötgan jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudida Irina Kislitsinaga uzil-kesil 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik beruvçi lavozimlarda işlaşni taqiqlaş hamda 5 yil-u 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan edi. Öşanda sudlanuvçi, ÖzMU Axborot resurs markazi direktori I.K. tergovda unga qöyilgan ayblovlar öz isbotini topmaganini va kitoblarni u öğirlamaganini ta’kidlagan va apellyatsiya şikoyati bergan.

Eslatib ötamiz, 2019 yildagi ta’mirlaş işlaridan söng Özbekiston Milliy universitetining nodir qölyozmalar saqlanadigan muzeyi faoliyati tiklanmagan. 2021 yil 23 dekabr kuni Kun.uz u yerdagi qimmatbaho va öta nodir hisoblangan 100dan ortiq kitoblar sotib yuborilgan bölişi mumkinligi haqida








