21:00 / 24.01.2018
39732

Dunyodagi eng yaxshi mehmonxona ma'lum qilindi

Traveller's Choice an'anaviy mukofoti natijalariga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari reytingi tuzildi. 

Unga ko‘ra, 1-o‘rinni biror bir rivojlangan davlatdagi mehmonxona emas, balki Kambojaning Siyemreap shahridagi Viroth's mehmonxonasi egalladi. Bu yerda bir kun qolish taxminan 100 dollarni tashkil qiladi. Bu haqda TripAdvisor sayohatlar saytida ma'lum qilindi.  

Kambojaning Siyemreap shahridagi Viroth's mehmonxonasi

Ma'lum qilinishicha, g‘olib sayt foydalanuvchilari fikrlari asosida tanlangan. Viroth's mehmonxonasi haqida bildirilgan 910 ta fikrdan faqatgina 5 tasigina salbiy bo‘lgan.

Kosta-Rikadagi Tulemar Bungalows & Villas mehmonxonasi

2-o‘rinni Kosta-Rikadagi Tulemar Bungalows & Villas mehmonxonasi egallagan, bu yerda bir kun qolish 300 dollarni tashkil qiladi. Bu mehmonxonada bo‘lganlarning 92 foizi u haqda ijobiy fikr bildirishgan.

Hindistonning Joxpuridagi Umaid Bhawan Palace mehmonxonasi

3-o‘rinni Hindistonning Joxpuridagi Umaid Bhawan Palace mehmonxonasi egalladi. Bu yerda bir kun qolish 850 dollarga tushadi. 

Reytingning yetakchi o‘ntaligidan Italiyadagi Belvedere, AQShdagi The Nantucket Hotel & Resort, Fransiyadagi La Reserve Paris, Kosta-Rikadagi Nayara Springs va Vetnamdagi Hanoi La Siesta Hotel Trendy mehmonxonalari o‘rin olgan.

Top