15-16 sentabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti uçun 2 yil davomida “Buyuk ipak yöli” xalqaro turizm markazi qurildi. Uning qoq örtasida qad rostlagan Kongress markazda ŞHT sammitining asosiy tadbirlari bölib ötdi.


Eşkak eşiş kanali sohilida 200 gektardan oşiq maydonda 2 ta beş yulduzli, 2 ta tört yulduzli va 4 ta butik-hotellar barpo etildi.
Eng yirik 5 yulduzli mehmonxona – «Silk Road by Minyoun»da Xitoy delegatsiyasi joylaşdi. 21 qavatli mehmonxonada 241 ta xona mavjud, ularning 2 tasi prezident apartamenti, 24 tasi lyuks, yana 24 tasi yarim lyuks xona hisoblanadi.
Booking.com ma’lumotlariga köra, bu mehmonxonada 1 kişining 1 kunlik qoliş narxi 2,3 million sömdan 29 million sömgaça turadi.



Rossiya prezidenti Vladimir Putin boşçiligidagi delegatsiya ham turistik markazdagi yana bir 5 yulduzli mehmonxona – «Samarkand Regency Amir Temur»da joylaşdi. Bu mehmonxona «qöşnisidan» biroz pastroq – 20 qavatli bölib, unda 232 ta xona mavjud. Ularning 2 tasi prezident apartamenti, 24 tasi lyuks xona hisoblanadi.
Booking.com ma’lumotlariga köra, uşbu mehmonxonada 1 kişining 1 kunlik qoliş narxi 2,5 million sömdan 10,1 million sömgaça turadi. («Samarkand Regency Amir Temur»dagi prezident apartamentlarining narxlari e’lon qilinmagan).













































