11:31 / 31.01.2018
27625

Video: Yaxshiboyev va G‘aniyevning goli Osiyo chempionatining eng chiroyli goliga da'vogarlik qilmoqda

OFK rasmiy sayti Osiyo chempionati U-23 musobaqasining eng chiroyli golini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazishni boshladi. 

Tashkilot bu nom uchun kurashayotgan 10 nafar golni aniqlab olgan. Nomzodlar orasida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi tomonidan urilgan gol ham bor. Azizjon G‘aniyevning Janubiy Koreyaga urgan goli hamda Jasurbek Yaxshiboyevning Yaponiya darvozasiga urgan gol eng chiroyli bo‘lish uchun kurash olib bormoqda. 

Eng chiroyli golga ovoz berish imkoniyati istalgan foydalanuvchida bor. Buning uchun OFK rasmiy sayti OVOZ BeRISh bo‘limiga kirish lozim.

Top