23:00 / 11.02.2018
23513

Jizzaxda poyezd va avtomobilning to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi 

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 10 fevral soat 12.30da “Paxtakor” MFY Gulbahor ko‘chasi 13/11-uyda yashagan, 1970 yilda tug‘ilgan X.Zoirov boshqaruvidagi  VAZ-2107 rusumli avtomashinasida “Yangiyer-Chimqo‘rg‘on” 4R-32 yo‘lining 3164-piket qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga uringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, u bu jarayonda 3601-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada VAZ-2107 avtomashinasi haydovchisi X.Zoirov jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchi F.To‘rayev esa kasalxonaga yotqizilgan.

Top