20:30 / 23.02.2018
5692
Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo‘ldi
Foto: UEFA.com

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Italiyalik futbolchi UYeFA saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada 49% ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Immobile 1/16 final bosqichining javob o‘yinida, «Styaua» (5:1) darvozasini uch marta ishg‘ol qilgan edi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: «Milan» hujumchisi Fabio Borini (32%), «Atletiko» hujumchisi Kevin Gameyro (15%) va «Napoli» yarimhimoyachisi Pyotr Zelinski (4%).

Top