08:50 / 25.02.2018
10949

«Barselona» «Jirona»ni ilojsiz qoldirdi

«Barselona» Ispaniya chempionatining 25-turida Kataloniyaning boshqa bir jamoasi «Jirona» ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ko‘k-anorranlilar safida Luis Suares het-trik rasmiylashtirdi, Lionel Messi o‘z hisobiga dubl yozib qo‘ydi, yana bir gol Filippe Koutino nomiga yozildi. Suares ikkita golga assistentlik ham qildi, Messi, Koutino va Usmon Dembele hisobida bittadan assist. «Jirona»ning yagona javob goli Kristian Portuges tomonidan urildi.

Endilikda «Barselona» ochkolari sonini 65taga yetkazgan holda Primera turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Jirona» 34 ochkosi bilan to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan.

Ispaniya chempionati
25-tur

Barselona – Jirona 6:1
 (4:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 3 Portu, 1:1 – 5 Suares, 2:1 – 30 Messi, 3:1 – 36 Messi, 4:1 – 44 Suares, 5:1 – 66 Koutino, 6:1 – 76 Suares.
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Pike (Vermalen, 64), Umtiti, Alba, Dembele, Rakitich (Serdji Roberto, 77), Buskets (Paulino, 69), Koutino, Messi, Suares.
Jirona – Bunu, Ramalo, Espinosa, Xuanpe, Maffeo, Pons, Granel, Aday (Planas, 46), Portu (Duglas Luis, 70), Garsiya (Aleysh Garsiya, 63), Losano.
Ogohlantirishlar: Xuanpe (62), Alba (87).

25-tur o‘yinlari

Turnir jadvalidagi holat

Top