11:40 / 25.02.2018
10350

Meksika prezidenti Tramp sababli AQShga safarini bekor qildi   

Foto: Getty Images

Meksika prezidenti Enrike Penya Neto AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotdan keyin AQShga safarini bekor qildi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Washington Post xabar berdi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 50 daqiqalik muloqot davomida ikki davlat rahbari Meksika bilan chegarada devor qurilishini muhokama qilishgan, biroq ulardan birortasi boshqasiga yon bosishni istamagan. Ta'kidlanishicha, Tramp suhbat chog‘ida “sabri chidamay”, Meksika prezidentining devor qurilishi bo‘yicha pozitsiyasini qabul qilmagan.     

Yanvarda Oq uy apparati Jon Kelli devor qurilishi AQShga 20 mlrd dollarga aylanishini ma'lum qilgandi. 

 

Mavzuga oid
Top