09:35 / 27.02.2018
8892

Marokash qirolining yuragida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi

Foto: AP Photo

Marokash qiroli Muhammad VI 26 fevralda yuragida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazdi. Ta'kidlanishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqda MAP axborot agentligi xabar bermoqda.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 20 yanvarda 54 yoshli qirolda yurak ritmi buzilishi aniqlangan. Operatsiya Parijdagi “Ambruaz Pare” kardiojarrohlik klinikasida o‘tgan. Qirolning yurak ritmini normallashtirishga muvaffaq bo‘lingan. 

Ta'kidlanishicha, qirol operatsiyadan keyingi tiklanishdan keyin odatiy faoliyatiga qaytishi mumkin.

Top