Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruda jarrohlik operatsiyasi ötkazildi, u majburiyatlarini bajarişga 29 yanvarda töliq qaytadi. Bu haqda TN portali ma'lum qildi.   

Bungaça mamlakatni boşqariş majburiyati vitse-prezident Antoniu Gamilton Mourau zimmasida böladi.

Şifokorlar operatsiya vaqtida Bolsonaruga sentyabrda uyuştirilgan suiqasd vaqtida olingan piçoq jarohati sababli qöllangan kolostom qopçani olib taşlaşgan.  

“Barçangizni bağrimga bosaman, yaqin orada körişamiz! Tangri bizni yetaklaydi!”, deb aytgan Bolsonaru tvitterda.

Bolsonaru 6 sentyabrda Juiz-di-Foru şahridagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida yaralangan. Bosqinçi bergan piçoq zarbasi uning qorin böşliğidan içakka qon haydovçi arteriya tomiriga tekkan. Buning oqibatida Bolsonaru tanasining şu joyida bir neça şikastlaniş öçoği avj olgan.