Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida rossiyalik yetakçi onkolog bilan birgalikda tos suyagi halqasini individual endoprotez bilan rekonstruksiya qiliş böyiça murakkab jarrohlik operatsiyasi ötkazildi.

Tos suyaklari ösmalari - suyak ösmalarining nisbatan kam uçraydigan lokalizatsiyasi. Tos suyagi ösmalarini davolaş onkologiyada murakkab muammolardan biri bölib qolmoqda. Joriy yilning 11 oktyabrida tayanç-harakat tizimi ösmalari bölimi rahbari Pölatova D.Ş. rossiyalik hamkasbi professor E. Musayev bilan 30 yoşli bemorda xatarli tos ösmasi radikal jarrohlik amaliyotini ötkazdi.

"Har bir bemor uçun tos halqasining yaxlitligini tiklaş individual bölişi kerak, çunki har bir holatda hosil bölgan nuqsonning ölçamlari turliça böladi. Operatsiyadan keyingi nuqson qançalik keng bölsa, asoratlar ehtimoli şunça yuqori böladi. Uç ölçovli rekonstruksiya va virtual modellaştiriş texnologiyalari bir qator holatlarda radikal operatsiyani amalga oşirişga imkon berdi, bu retsidivlar sonini kamaytiradi va bemorning omon qoliş darajasini oşiradi ”, - deb izoh berdi muşak-tayanç tizimi ösmalarining bölimi boşliği J.Ş.Pölatova.

Bugungi kunda bunday yuqori texnologiyali operatsiyalar hamma mamlakatlarda ham amalga oşirilmaydi. Bu operatsiya mutaxassislar örtasida tajriba va bilim almaşiş, bemorning hayot tarzini yaxşilaş imkonini berdi.


















