17:53 / 05.03.2018
25749
Reklama

Fotoreportaj: Qo‘yliqda Evos'ning yangi filiali ishga tushdi

Foto: Evos

Toshkentning Qo‘yliq dahasida Evos'ning orziqib kutilgan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimiga juda ko‘p mehmonlar tashrif buyurishdi. 

Tadbirga tashrif buyurgan aholini ulkan ayiqchalar kutib olishdi. Ayniqsa, bolajonlar ayiqchalar bilan birga o‘ynab, zavq olishdi. Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng barcha yig‘ilganlar uchun yoqimli sovg‘alarga boy tanlovlar tashkil etildi. 

Kechaning eng kulminatsion nuqtasi - bir metrlik XOT-DOGning tayyorlanishi bo‘ldi. Mazkur jarayonni kuzatib turgan mehmonlar ulkan XOT-DOGdan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Aytib o‘tish joizki, katta hajmdagi XOT-DOG O‘zbekistonda ilk bora Evos tomonidan tayyorlandi. 

Foto: Evos
Foto: Evos
Foto: Evos

Shundan so‘ng, yangi fast-fud tarmog‘ida tillarangdagi "jonli" haykalchalar paydo bo‘la boshlashdi. Professional pantomima ustalari marosim mehmonlari va bolajonlarga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi. 

Foto: Evos
Foto: Evos
Foto: Evos

Endilikda Evos tomonidan tayyorlanuvchi mazali taomlarni Qo‘yliqda ham tanovul qilish imkoni mavjud. Barchani yangi filialga taklif etamiz. Qayd etish joizki, yangi filial intereri boshqa tarmoqlar dizaynidan o‘zgacha uslubi bilan ajralib turadi.

Foto: Evos

Eslatib o‘tamiz, Evos O‘zbekiston hududidagi eng yirik fast-fud kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan ishga tushayotgan yangi tamaddixonalar aholi uchun chinakam bayramga aylanmoqda. 

Telefon: 203 12 12
Manzil: Qo‘yliq, Farg‘ona ko‘chasi, Chenson restorani va Makro supermarketi yonida. 
Bir inson uchun o‘rtacha chek: 25 ming so‘m.

Foto: Evos
Foto: Evos

Reklama huquqi asosida

Top