“Reach Impex” MÇJ Adliya vazirligiga McDonald’s tovar belgisini Özbekistonda röyxatdan ötkaziş uçun ariza bilan murojaat qilgan.

Vazirlikning intellektual mulk portaliga köra, ikkita ariza 11 mart kuni röyxatdan ötkazilgan.

“Reach Impex” MÇJ 2022 yil 19 aprelda röyxatga olingan. Faoliyat yönalişi sifatida ixtisoslaşmagan ulgurji savdo körsatilgan. Ustav fondi – 211 mln söm.

Jamiyat ta’sisçilari – Usmonov Bahodir Burhonoviç (60 foiz) va Abdujabborov Abror Ahroloviç (40 foiz). Abdujabborov ayni paytda kompaniya rahbari ham hisoblanadi.

Usmonov Bahodir Burhonoviçning familiyasi va ismi-şarifi kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonovning tuğilgan akasi yoki ukasining familiyasi va ismi-şarifi bilan bir xil.

Reach Impex Özbekistonda “Kroşka-kartoşka” (Rossiyadagi fastfud tarmoği) savdo belgisiga ham egalik qiladi.

Ma’lumot uçun, McDonald’s jahondagi eng yirik fastfud tarmoği bölib, kundalik 69 milliondan ortiq mijozlarga 100 ta davlatda 40 mingdan ortiq filiallar orqali xizmat körsatadi.

Kompaniya faoliyati 1940 yilda ilk restoranning oçilişi bilan boşlangan. Biroq korporatsiya 1955 yilni özining “tuğilgan yili” deb hisoblaydi: aynan öşa yili tadbirkor Rey Kron ilk françayzing restoranini oçgan va McDonald’s'ni tarmoqqa aylantirgan.

Avvalroq, 2021 yilning iyul oyi oxirida Burger King restoranlar tarmoği ham Özbekiston bozoriga kirayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqalgandi. Unda Toşkentda “Burgerhouse” MÇJ kompaniyasi röyxatga olingani, uning ustav fondi 1 mlrd sömga teng ekani, şuningdek, xodimlarni işga oliş boşlangani xabar qilingandi. Ammo 2021 yil oxiriga qadar iş boşlaşi közda tutilgan restoranlar öz faoliyatini boşlamadi.