15 yildan ortiq vaqt davomida EVOS taşrif buyuruvçilarni xursand qilişdan töxtamadi va butun Özbekiston böylab öz geografiyasini kengaytirib kelmoqda. Deyarli har oy yangi filial oçilmoqda va bu safar omad bekobodliklarga nasib etdi.

Tadbirning dastlabki daqiqalaridanoq 1000 ga yaqin mehmonlar qiziqarli va aql bovar qilmaydigan şou muhitiga şönğidilar: ularni hodulistlar va animatorlar, zamonaviy musiqa va mazali taomlar kutib oldi. Multfilm qaxramonlari Fiksiklar kiçkina mehmonlar örtasida raqs musobaqalarini ötkazdilar.


Bundan taşqari, öz sohasi mutaxassislari tomonidan ötkazilgan sovun pufakçalarining sehrli şousi bolalar va kattalarga manzur böldi. Har bir taşrif buyuruvçi yangi filial xodimlaridan figurali yoki şaxsiylaştirilgan şarlarni oldi.



Tadbirning rasmiy qismini Özbekistonning eng maşhur boşlovçilaridan biri – Dilşod Mirzamurotov oçib berdi. U barça yiğilganlarga minnatdorçilik bildirib, bölajak musobaqalar va sovrinlar haqida gapirib berdi.

Lavaşlarni kim tez yeyiş musobaqasi keçaning eng maşhur bellaşuviga aylandi. 2 ta turnir: ayollar va erkaklar örtasida ötkazildi.

Tanlovlarda katnaşgan ğoliblarga smartfon va 500 000 sömlik EVOS'ning imzoviy çeki topşirildi.


Tadbir boşlanişiga 10 kun qolganida Bekobod şahrida lotereya öyini uçun mahsus quti örnatilgan edi. Iştirokçilar öz raqamlarini qoldirdilar va oçiliş marosimida smartfonni yutib olgan ğolib aniqlandi.
Butun tadbir taşrif buyuruvçilarning jöşqin nigohlari va samimiy tabassumlari bilan ötdi. Döstona va ijobiy muhit hukm surdi.


Keçaning navbatdagi mehmoni DJ King Macarella böldi, u öziga xos ijro qilingan musiqa bilan tomoşabinlarni xursand qildi. Zamonaviy repertuar raqslarda iştirok etgan barça yoşdagi mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.


Har tomonlama boy keçaning finalini esa mehmonlarimiz estrada xonandasi Hamdam Sobirov bilan birga ötkazişdi. Xonanda maşhur qöşiqlarini ijro etib, har bir tinglovçiga yorqin va unutilmas xotiralarni qoldirdi.
Instagram: instagram.com/evosuzbekistan
Facebook: fb.com/evosuzbekistan
Telegram-bot: t.me/evosdeliverybot
Reklama huquqi asosida











