Jamiyat | 10:11 / 30.03.2018
3419
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Inha universitetida Oracle Academy ochildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da Oracle Academy’ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet saytida xabar berilgan.

Oracle Academy’ni IUT birinchi prorektori Cho Vu Sug va Oracle Academy’ning EMEA mintaqasi bo‘yicha rahbari Deni Guris ochdi.

Foto: Inha universiteti
Foto: Inha universiteti
Foto: Inha universiteti
Foto: Inha universiteti

Oracle Academy — Oracle kompaniya tomonidan o‘qituvchilarning o‘qish va ishlashiga tayyorgarlik ko‘rish uchun maktablarda, kollejlarda va universitetlarda talabalar uchun axborot texnologiyalarini uzluksiz o‘rganish uchun barcha zarur resurslarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan ta'lim tashabbusi hisoblanadi.

Har yili Oracle Academy kurslarini 120 mamlakatdagi 3,5 million nafardan ortiq talabalar o‘rganadi. Oracle Academy dasturlari yoshlarga haqiqiy hayotga tayyorgarlik ko‘rish va zamonaviy global iqtisodiy sharoitlarda ishlashga yordam beradi. 

 

Mavzuga oid