Ma'lum qilinişiça, universitet talabalaridan birida koronavirus aniqlangan.

Universitet matbuot xizmati ham bu xabarni tasdiqlagan. Rasmiy xabarda ma'lum qilinişiça, universitetning ikkala binosi, jumladan, sinf xonalari, laboratoriyalar, kutubxona, oşxonalar, yölaklar, zallar, zinapoyalar, liftlar va boşqa joylar töliq dezinfeksiya qilingan.

Özbekistonda mart oyi örtalarida epidemiologik vaziyat yomonlaşa boşladi. Toşkent şahrida virus çiqqan maktab va boğçalar yopilgan. 

Bundan avvalroq, Toşkentning Olmazor tumani hududidagi talabalar şaharçasida joylaşgan yotoqxonalardan birida talabalar orasida, şuningdek, Andijon davlat universitetining 6 nafar xodimida koronavirus aniqlangani töğrisida xabarlar berilgandi.

SSV ma'lumotiga köra, 22 mart kuni Özbekistonning 7 hududida jami 113 kişida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan (Toşkent şahrida 96 holat) va jami holatlar soni 81 ming 559tani taşkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 988 nafar bemor davolanmoqda, şundan 141 nafari oğir, 23 nafari esa öta oğir ahvolda.