14:44 / 14.04.2018
4263

O‘q otish bo‘yicha Xalqaro Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston paralimpiyachilari 2ta medalni qo‘lga kiritishdi

Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

2018 yilning 11-14 aprel kunlari Polshaning Shetsin shahrida paralimpiyaning o‘q otish sport turi bo‘yicha SheTsIN-2018 Xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada Rio 2016 Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi hamyurtimiz Server Ibragimov hamda Aziz Ibragimov ishtirok etmoqda.

Shu kunga qadar hamyurtlarimiz o‘z ishtiroklarini yakunlab, 1 oltin va 1 kumush, jami 2ta medalni O‘zbekiston hisobiga qo‘shib qo‘ydilar. Ushbu musobaqaning 10 m.ga pistoletdan otish bo‘yicha final bosqichida hamyurtimiz Server Ibragimov 237.4 natijasi bilan 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin 235,9 natija bilan Aziz Ibragimovga nasib etdi. 3-o‘rinni esa ukrainalik sportchi Denyusik Aleksey (215,3) egalladi. Mazkur musobaqada 23ta mamlakatdan 228 sportchi kuch sinashmoqda.

Sportchilarimiz 16 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:40da Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtimizga yetib keladi.

Mavzuga oid
Top