Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Siz imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini yana bir bor isbotladingiz" - Saida Mirziyoyeva paralimpiyachilarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi dunyo bo‘yicha eng kuchli 15 talikka kirdi.
"Biz 168 davlat orasida 13-o‘rinni egalladik. Musobaqalarda qatnashgan va bayrog‘imizni sharaf bilan himoya qilgan sportchilar – har biringiz bizni lol qoldirgan haqiqiy qahramonsiz!" - deydi prezident yordamchisi.
U jamoa medallarining deyarli yarmini qo‘lga kiritgan qizlarga esa alohida minnatdorlik bildirdi.
"Sizning jasoratingiz, kuchingiz, shijoatingiz bizga g‘urur va ilhom bag‘ishlaydi! Siz imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini yana bir bor isbotladingiz.
Butun mamlakat qalban siz bilan birga! Siz bilan faxrlanmoqda va quvonchingizga sherik bo‘lmoqda. Biz siz bilan kuchlimiz! Ming rahmat!" - deydi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:16 / 01.07.2026